“Nokia” kompaniyasi kelasi yilning fevral oyi so‘nggida Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tadigan “Mobile World Congress 2013” ko‘rgazmasida o‘zining ilk planshet kompyuterini namoyish qiladi. Bu haqda “DigiTimes” nashri soha vakillariga tayangan holda xabar qilgan.

Nokia-tablet-rumor

Nokia planshetining taxminiy ko‘rinishi. Foto: CNews.ru

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshlarida kompaniya o‘z brendi ostidagi planshet haqida tarqalgan xabarlarni rad etgan edi. Ko‘rinishidan, “Nokia” bu qarorini o‘zgartirgan shekilli.

Internetda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, “Nokia” ishlab chiqayotgan planshet 10,6-duymlik ekranga ega bo‘lib, u “Windows RT” mobil platformasi bazasida ishlaydi.