Yaponiyaning NEC kompaniyasi o’zining yangi “LaVie X” ultrabukini namoyish qildi. Kompaniya vakillarining so’zlariga ko’ra, bu model dunyodagi eng yupqa ultrabuk hisoblanadi.

NEC-LaVie-X-ultrabook

NEC LaVie X ultrabuki. Foto: NEC

“NEC LaVie X” ultrabukining qalinligi 12,8 millimetr bo’lib, u shu paytgacha dunyodagi eng yupqa ultrabuklardan biri sanalgan “Lenovo ThinkPad X1 Carbon”dan ancha yupqadir.

Bu ultrabukning korpusi juda yupqa bo’lishiga qaramasdan, uning ekrani diagonali 15,6-duymga teng.