Braziliyaning “Gradiente SA” kompaniyasi o‘tgan haftada o‘zining “iPhone” (“ayfon”) brendi ostidagi smartfonlarini sotuvga chiqardi. Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya o‘z mamlakatida ushbu nomdan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan.

Gradiente-Neo-One(big)_Gradiente

Gradiente Neo One smartfoni. Foto: Gradiente SA

“Gradiente SA” ushbu brenddan foydalanish to‘g‘risida “Apple”dan oldinroq murojaat qilgan, shu boisdan u 2018-yilgacha Braziliya hududida “iPhone” savdo belgisidan bemalol foydalana oladi.

Eng qiziq tomoni shundaki, braziliyaliklarning “Neo One” deb nomlangan ayfoni “Android 2.3 Gingerbread” mobil platformasi bazasida ishlaydi. Smartfon 3,7-duymlik sensorli ekran, ikkita SIM-karta, kamera, 3G-internet hamda simsiz aloqa uchun Bluetooth va Wi-Fi modullariga ega.

Apparatning tashqi ko‘rinishiyam “Apple” kompaniyasining haqiqiy “iPhone”iga o‘xshab ketadi.