Angliyaning «Manchester YUnayted» klubi UEFA Chempionlar ligasining 2012/2013 yilgi mavsumi 1/8 finalida Madridning «Real» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

UEFA-2012-Draw_UEFA

Qur’a natijalari. Foto: UEFA

Donetskning «Shaхtyor» klubi Dortmundning «Borussiya»si bilan bahs olib borsa, Italiyaning «Milan»i – Ispaniyaning «Barselona»si bilan, Londonning «Arsenal»i – Myunхenning «Bavariya»si bilan o‘ynaydi. Chempionlar ligasiga qur’a tashlash marosimi UEFAning Shveysariyadagi Nyun shahrida joylashgan bosh qarorgohida bo‘lib o‘tdi.

Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichining dastlabki o‘yinlari 12- va 20-fevral kunlari, javob o‘yinlari esa 5- va 13-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.kun.uz