Time jurnali 2012-yil odami sifatida ikkinchi marta AQSH prezidentligiga saylanishga muvaffaq bo‘lgan Barak Obamani tanladi.
Time jurnali muqovasi
Tahririyat fikricha, u mamlakatdagi o‘zgarishlardan foydalanib, ham oq tanli, ham rangli saylovchilarning qo‘llab-quvvatlashlarini qo‘lga kiritgan. Obamaning mamlakat oldidagi хizmatlarini qayd etarkan, jurnal uni «Yangi Amerikaning timsoli va, qaysidir ma’noda, arхitekori» deb atagan.
Amerika prezidenti bundan avval ham – 2008-yilda Time talqini bo‘yicha yil odami unvonini qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda u birinchi marta AQSH prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozongan edi.
Manba: www.kun.uz