Xitoyning “Acer” kompaniyasi 7-duymlik arzon planshetlar ishlab chiqaruvchi “Amazon”, “Barnes & Noble”, “Google” va boshqa kompaniyalar bilan raqobatga kirishmoqchi. U ham 2013-yilning boshida o‘zining 99 dollarlik Android-planshetini ommaga taqdim qilishni rejalashtirmoqda.

Acer-Iconia-B1_Acer

Acer Iconia B1 plansheti. Foto: Acer

“Wall Street Journal” gazetasining yozishicha, “Acer Iconia B1” deb nomlangan planshetning ekrani diagonali 7-duym, sig‘imi – 1024 x 600 piksel bo‘lib, unga 2 yadroli hamda 1,2 gigagers chastotali protsessor, 512 megabayt operativ xotira, ma’lumotlarni saqlash uchun 8 gigabaytlik ichki flesh-xotira o‘rnatiladi.

Apparatga qo‘shimcha microSD-karta qo‘shish mumkin, GPS va Bluetooth 4.0 modullari mavjud.

Atigi 99 dollar evaziga Android-planshet sotib olish – bu, ko‘pchilikning planshet ishlatish istagini ro‘yobga chiqarsa kerak. Xo‘sh, 99 dollarga planshet sotib olishga tayyormisiz?