Amerikada – “Apple”, Osiyoda – “Samsung” bo‘lsa, Afrikada – VMK bo‘ladi, deydi afrikalik biznesmen Verone Mankou. Bu haqda “Mashable” texnoblogi xabar qiladi.

Uning kompaniyasi Afrikada ishlab chiqilgan ilk smartfon va planshetni sotuvga chiqarmoqda. Apparatlar Android mobil platformasi bazasida ishlaydi.

VMK-smartphone

VMK Elikia smartfoni. Foto: VMK

VMK hozirda “Way-C” deb nomlangan planshet hamda “Elikia” deb nomlangan smartfonini Afrika bozoriga chiqardi. Kompaniya rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra “Way-C” – “yulduzlar yorug‘ligi”, “Elikia” esa – “umid” ma’nosini beradi.

“Way-C” planshetining kattaligi xuddi “Samsung Galaxy Tab”nikidek bo‘lib, uning narxi 300 dollar. “Elikia” smartfonining narxi esa 170 dollar turadi.