“SamMobile” internet-nashrining yozishicha, Janubiy Koreyaning “Samsung” kompaniyasi GT-I9500 va GT-I9505 indekslari ostidagi yangi smartfonlarni sinovdan o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Samsung Galaxy S3” smartfoni GT-I9300, LTE-versiyasi esa – GT-I9305 indeks raqamlariga egaligini inobatga olsak, kompaniyaning navbatdagi bayroqdor smartfoni “Galaxy S4” emas, balki “Galaxy S5” bo‘lishi ham mumkin.

Samsung-Galaxy-S4-rumors

Samsung Galaxy S4 ko‘rinishi haqidagi mish-mish suratlar. Foto: SamMobile

Katta ehtimollik bilan, “Galaxy S4” chiqadigan bo‘lsa-da, u GT-I9400 indeks raqamini olmaydi, chunki Koreyada “4” baxtsiz raqam sanaladi. Shu boisdan, shifoxonalarda 4-qavat ham bo‘lmaydi, 4 raqami ishtirok etgan telefonlar qolganlariga nisbatan ancha arzon bo‘ladi.

Bundan kelib chiqadiki, GT-I9500 – shubhasiz, kompaniyaning navbatdagi bayroqdor smartfoni uchun model raqamidir.

Yana bir qiziq holat, yaqinda “Samsung” kompaniyasi “Tizen” mobil operatsion tizimi bazasida ishlovchi smartfonlarni sinovdan o‘tkazayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. O‘shanda uning indeks raqami ham GT-I9500 bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Samsung Galaxy S4” smartfoni Full HD sifatidagi 4,99-duymlik Super AMOLED displeyga, 4 yadroli protsessorga hamda 13 megapiksellik kameraga ega bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan edi.