Xitoyning “Huawei” kompaniyasi o‘zining yangi 6,1-duymlik ulkan ekranga ega Android-smartfonini namoyish qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda “Engadget” texnoblogi xabar qilgan.

Huawei-Ascend-Mate_Huawei

Huawei Ascend Mate. Foto: Huawei

Xabarda aytilishicha, mazkur ulkan smartfon 2013-yilning yanvar oyida AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan “Consumer Electronics Show 2013” ko‘rgazmasida ommaga namoyish qilinadi. Biroq, kompaniya rahbari Richard Yu Xitoyning Guanchjou shahridagi do‘konlardan birida qurilmani odamlarga ko‘rsatgan.

Yangi apparat “Ascend Mate” deb nomlanib, unga 4 yadroli hamda 1,8 gigagers chastotali baquvvat protsessor, sig‘imi 1920 x 1080 piksel (Full HD) bo‘lgan 6,1-duymlik displey, 4400 mA/s batareyka o‘rnatiladi. Smartfon korpusining qalinligi – 9,9 millimetr.

Nima deb o‘ylaysiz, 6,1-duymlik ekran smartfon uchun haddan ziyod katta emasmi?