Saudiya Arabistonining «Ash-Shabob» klubida to‘p surayotgan Server Jeparov yangi mavsumdan yana O‘zbekiston chempionatida to‘p surishi mumkin.

Server-Jeparov_FIFA

Server Jeparov. Foto: FIFA

Saudiya klubi bilan shartnomasi tugayotgan 30 yoshli futbolchiga hozirda sobiq jamoasi «Bunyodkor» taklif bilan chiqqan. Mamlakat chempionligini boy bergach, o‘z safini jiddiy ravishda kuchaytirishga bel bog‘lagan toshkentliklar terma jamoamiz sardorini yana ortga qaytarish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, shuningdek «Alaniya» safida to‘p surayotgan Sanjar Tursunov ham bu mavsumdan e’tiboran ijara asosida «Bunyodkor»da to‘p surishi mumkin.

Manba: www.stadion.uz