Bundan oldingi xabarlarimizda “Nokia” kompaniyasi o‘zining ilk planshet kompyuterini ishlab chiqarayotgani haqida yozgan edik.
Ba’zi norasmiy ma’lumotlarga qaraganda qurilma ekranining diagonali 10,1-duym bo‘lib, unda HDMI chiqish teshigi, USB-port hamda uyali aloqa moduli ham bo‘ladi.
Nokia plansheti. Foto: The Verge
Apparat “Windows RT” mobil platformasi bazasida ishlashi shubhasizdir.
Planshetning o‘ziga xos jihati shundaki, apparat bilan birga maxsus g‘ilof ham chiqarilib, u planshet uchun qo‘shimcha akkumulyator, taglik vazifalarini ham o‘taydi. Planshet batareykasining quvvati tugashi bilanoq, u akkumulyator-g‘ilofdan quvvat olib ishlay boshlaydi.
Internetda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Nokia planshetini 2013-yilning 25-28 fevral kunlari Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘taidgan “Mobile World Congress 2013” ko‘rgazmasida ommaga namoyish qiladi.