Ko‘pchiligimiz Hyundai avtomobillari haqida eshitgan, ko‘rgan va hatto, minib ham ko‘rgan bo‘lsak kerak. Ammo, Hyundai planshetlari haqida hech kim eshitmagan bo‘lsa kerak.

Hyundai-Tablets_Hyundai

Hyundai planshetlari. Foto: Hyundai

Koreys kompaniyalari o‘zining ko‘p tarmoqli ekanligi bilan butun dunyoga mashhur. Mamlakatning o‘zida ularni “chebol” deyishadi. Chebollar bitta soha bilan cheklanib qolmay, turli sohalarga kirib ketaveradi.

Shunday qilib, ajoyib avtomobillari bilan butun dunyoga mashhur Hyundai kompaniyasi yaqinda o‘zining planshet kompyuterlarini ham chiqardi. Boshlanishiga kompaniya bozorga uch xil planshetini taqim qilmoqda – maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan TFT-ekranli “Hyundai HT-7G”, IPS-ekranli “Hyundai HT-9B” va “Hyundai HT-10G”. ularning barchasi arzon planshetlar toifasiga kiradi.

Apparatlar “Android 4.0 Ice Cream Sandwich” bazasida ishlaydi. Yana bir yaxshi tomoni – to‘plamda firmali g‘ilof ham mavjud.