Xitoyning ZTE kompaniyasi 8-11 yanvar kunlari AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan “CES 2013” maishiy texnikalar ko‘rgzmasida ba’zi rekordlarni o‘rnatmoqchi. Ulardan biri – 5-duymlik dunyodagi eng yupqa smartfondir.

ZTE-Grand-S_Mashable

“ZTE Grand S” dunyodagi eng yupqa smartfon nomiga da’vogarlik qiladi. Foto: Mashable

 Kompaniyaning yangi “Grand S” smartfonining ekrani diagonali – 5-duym, ekran sig‘imi – 1920 x 1080 piksel (Full HD), orqa kamerasi – 13 megapiksel bo‘lishi, eng asosiysi esa – uning qalinligi atigi 6,9 millimetr bo‘lishi kutilmoqda.

Smartfonning boshqa xarakteristikalari haqida tafsilotlar hali noma’lum, ammo “Unwired View” nashrining yozishicha, unga 1,5 gigagers chastotali hamda 4 yadroli “Qualcomm Snapdragon S4” protsessori o‘rnatiladi. Bundan tashqari, uning operativ xotirasi – 2 gigabayt, batareykasining quvvati esa – 2500 mA/soat bo‘lishi taxmin qilinmoqda.