Bir necha yildan keyin chiqarilishi rejalashtirilayotgan Audi A4 avtomobilining yangi avlodi jahon avtomobil sanoati tarixida texnologik jihatdan ulkan burilish yasashi mumkin.

Audi-A4

Yangi Audi A4 avtomobili ikki silindrli bo‘ladi. Foto: Auto Motor und Sport

Bu mashina nafaqat tungi yorug‘lik tizimi, chiroyli proyeksiyali displey, Internetga ulanish imkoniyati, “aqlli” kruiz-nazorat va avtomatik tormoz tizimiga ega bo‘ladi, balki u atigi ikki dona silindr bilan harakatlana oladigan bo‘ladi. Bu esa avtomobilning yoqilg‘i sarfini ancha kamaytiradi.