Amerikaning Sug‘urta va yo‘l xavfsizligi instituti (IIHS) 2012-yildan boshlab avtomobillar uchun krash-test o‘tkazish talablarini ancha kuchaytirdi. Natijada, ko‘pchilik qimmat avtomobillar ham xavfsizlik talablariga to‘liq javob bera olmay qolmoqda.

Masalan, yaqinda o‘tkazilgan krash-testda Mercedes, Audi va Lexus kabi taniqli kompaniyalarning avtomobillari sinovdan o‘ta olmadi.

Yangi krash-test talablariga ko‘ra, oldidan bo‘ladigan zarba 64 km/soat tezlikda amalga oshirilishi lozim.

Shunday qilib, Mercedes C-Class, Audi A4, Lexus ES 350 va Lexus IS 250/350 avtomobillari krash-testda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Mercedes-C-Class-crash-test

Mercedes C-Class krash-test paytida. Foto: IIHS

Audi-A4-crash-test

Audi A4 krash-test paytida. Foto: IIHS

 Lexus-ES-350-crash-test

Lexus ES 350 krash-test paytida. Foto: IIHS

 Lexus-IS-250-350-crash-test

Lexus IS 250/350 krash-test paytida. Foto: IIHS

Xo‘sh, siz yangi avtomobil sotib olishdan avval uning xavfsizlik talablariga qay darajada javob berishiga e’tibor qilasizmi yoki narxigami?