Amerikaliklarning katta avtomobillarni, xususan yirik sedanlar, vnedorojniklar, baquvvat kupe va mini-venlarni yoqtirishini yaxshi bilsangiz kerak. Pikaplarni esa asti qo‘yaverasiz, u –amerikaliklarning eng sevimli avtomobil turi.

2012-yil yakunlariga ko‘ra, Amerikada eng ko‘p sotilgan 10 ta avtomobildan 3 tasi aynan pikaplar oilasiga kiradi. Xususan, ilk ikkita o‘rinni ko‘p yillik bestsellerlar – “Ford F-Series” va “Chevrolet Silverado” egalladi.

“Chevrolet Silverado” haqida gapiradigan bo‘lsak, u tolaqonli pikap sanaladi. Bunday pikaplar Amerika avtomobil biznesida so‘nggi 60 yildan beri yaxshi sotilib kelinmoqda.

Chevrolet-Silverado-01

Yangilangan Chevrolet Silverado avtomobili. Foto: 3DNews.ru

“Chevrolet Silverado”ning lyuks-varianti “GMC Sierra” sanaladi.

Ammo, ikkinchisining narxi birinchisiga qaraganda ancha qimmat turganligi bois, uning sotilish sur’ati sekinroq.

“General Motors” konserni yaqinda har ikkala modelning ham yangilangan variantini bozorga chiqardi. Marhamat, quyidagi fotogalerayada ularning rasmlarini tomosha qiling.

Fotogalereya: Yangilangan Chevrolet Silverado va GMC Sierra

[gallery columns="5" link="file" ids="481,482,483,484,485,486,487,488,489,490,491,492,493,494,495,496,497,498,499,500,501,502,503"]