Yaponiyaning “Yamaha” kompaniyasi anchadan beri skuter dubulg‘alarini (temir qalpoq) ishlab chiqaruvchi Italiyaning “Momodesign” kompaniyasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Yamaha-scooter-02

Yamaha X-Max skuteri. Foto: Yamaha

Kelayotgan 2013-yilda ular nafaqat ikkita yangi dubulg‘a modelini, balki dizayni asosiy modeldan farq qiluvchi yangicha skuter ham ishlab chiqishmoqchi.

Yamaha-scooter-01

Yamaha-scooter-03

Shunday qilib, 2013-yilda “Yamaha X-Max 125” va “Yamaha X-Max 250” modellari cheklangan seriyada hamda “Momodesign” modifikatsiyasi asosida ishlab chiqariladi. Endi, yaponcha ishonch italyancha uslub bilan hamohang holda bo‘ladi.