Axborot texnologiyalari olamidagi yilning eng yirik voqeligi sanalgan CES 2013 ko‘rgazmasida Sony kompaniyasi o‘zining yangi Xperia Z smartfonini namoyish qildi. Apparatning ekrani diagonali 5-duymga teng bo‘lib, u Sony smartfonlari ichidagi eng kattasidir.

Sony-Xperia-Z

Sony Xperia Z smartfoni suv va chang o‘tkazmaydi

Xperia Z ekranining sig‘imi 1920 x 1080 piksel (Full HD) bo‘lib, bunda har bir duymga 443 ta nuqta to‘g‘ri keladi. Bu zamonaviy smartfonlar uchun rekord ko‘rsatkichlardan biri sanaladi.

Smartfonga 4 yadroli protsessor, 1 gigabaytlik operativ xotira o‘rnatilgan. Asosiy orqa kamerasi – 13 megapiksel.

Apparatning o‘ziga xos jihati shundaki, u suv va chang o‘tkazmaydigan dunyodagi eng katta smartfondir. Sony bungacha ham suv o‘tkazmaydigan telefonlarini bozorga chiqargan – Xperia V, Xperia go va Xperia acro S.

Xperia Z bilan birga Sony yana bitta yangi smartfonini ham anons qildi – Xperia ZL. Ularning xarakteristikalari bir-biriga o‘xshab ketadi, lekin Xperia Z ancha yupqaroq – 7,9 millimetr, Xperia ZL esa – 9,8 millimetr.

Ikkala apparat ham Android 4.1 mobil operatsion tizimi bazasida ishlaydi. Kompaniya keyinroq Android 4.2 versiyasiga yangilash imkoniyatini taqdim qilishini ham aytgan.

Fotogalereya: Sony Xperia Z smartfoni

[gallery link="file" columns="5" ids="754,755,756,757,758,759,760,761,762"]