AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tayotgan CES 2013 maishiy elektronika ko‘rgazmasida Lenovo kompaniyasi kattaligi o‘rtacha stol bilan teng bo‘lgan planshet kompyuterni namoyish qildi. “IdeaCentre Horizon Table PC” deb nomlangan ushbu planshet ekranining diagonali 27-duym bo‘lib (68,6 sm), uning og‘irligi 10 kilogramm.

Lenovo-IdeaCentre-Horizon-Table-PC-01

Planshetdan bir paytning o‘zida bir necha kishi foydalanishi mumkin

Lenovo rasmiylarining aytishicha, ushbu planshetdan bir paytning o‘zida bir nechta odam foydalanishi mumkin. Uni, hatto, desktop kompyuter qilib ishlatsa ham bo‘ladi. Planshetga mashhur “Monopoliya” o‘yini oldindan o‘rnatilgan bo‘ladi.

27-duymlik Lenovo IdeaCentre Horizon Table PC planshet kompyuteri. Foto: Lenovo

27-duymlik Lenovo IdeaCentre Horizon Table PC planshet kompyuteri. Foto: Lenovo

Ushbu ulkan planshet Windows 8 operatsion tizimi bazasida ishlaydi. U, asosan, ko‘pchilik bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar uchun juda qulay sanaladi. Qurilma bilan birgalikda maxsus aksessuarlar ham chiqarilgan: elektron “suyaklar”, 4 ta joystik va strayker.

Lenovo IdeaCentre Horizon Table PC uchun aksessuarlar

Lenovo IdeaCentre Horizon Table PC uchun aksessuarlar

Lenovo IdeaCentre Horizon Table PC gorizontal holatda. Foto: Lenovo

Lenovo IdeaCentre Horizon Table PC gorizontal holatda. Foto: Lenovo

Planshet savdoga 2013-yilning yozida chiqarilib, uning narxi 1700 dollar turadi.

Fotogalereya: Lenovo IdeaCentre Horizon Table PC

[gallery link="file" columns="5" ids="857,858,859,860,861,862,863,864,865,866"]