Fulton Innovation kompaniyasi Las-Vegasda bo‘lib o‘tayotgan CES 2013 maishiy elektronika ko‘rgazmasida o‘zining inqilobiy ahamiyatga ega texnologiyasini namoyish qildi. Ushbu texnologiya eCoupled deb nomlanib, uning yordamida ikkita mobil qurilma bir-biriga zaryad o‘tkazishi mumkin.

eCoupled simsiz zaryadlash texnologiyasi. Foto: Engadget

eCoupled simsiz zaryadlash texnologiyasi. Foto: Engadget

Kompaniya ushbu ishlanmani smartfon va planshet kompyuter misolida ko‘rsatib berdi: Smartfonning zaryadi oz qolgan, planshetda esa ortiqcha zaryad mavjud. eCoupled yordamida planshet o‘zidagi zaryadning bir qismini smartfonga o‘tkazishi mumkin. Buning uchun hech qanday sim yoki kabel shartmas, shunchaki smartfonni planshetning ustiga qo‘yish kifoya.

Buni aksincha ham qilish mumkin, ya’ni smartfondagi zaryadni planshetga ham o‘tkazsa bo‘ladi.

Bu narsa Qi standarti bo‘yicha simsiz zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalardagina ishlaydi. Ushbu standart elektromagnit induksiyasi vositasida elektr quvvatini o‘tkazishni nazarda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, Qi standarti asosida simsiz zaryadlash funksiyasi bungacha Nokia Lumia 920, LG Nexus 4 va HTC Droid DNA smartfonlarida ham mavjud.

Fotogalereya: eCoupled simsiz zaryadlash texnologiyasi

[gallery link="file" columns="5" ids="831,832,833,834,835,836,837,838,840,841"]