Shu kunlarda anons qilinishi kutilayotgan Samsung Galaxy S4 smartfoni haqida Internetda yetarlicha rasmlar tarqaldi. Lekin, ulardan oxirgisi haqiqatga ancha yaqin bo‘lishi mumkin, chunki uni shu paytgacha Samsung haqida to‘g‘ri taxminlarni yozib klegan SamMobile nashri chiqargan.

Samsung Galaxy S4 fotosurati. Foto: SamMobile

Samsung Galaxy S4 fotosurati. Foto: SamMobile

Qiziq tomoni, yuqoridagi rasmda ko‘rinib turganidek, smartfonda markaziy “Home” tugmasi yo‘q. Bungacha, Samsung o‘zining barcha S va Note oilasidagi telefonlariga ushbu tugmani qo‘yar edi. Shuning uchun ham, ko‘pchilik ushbu apparatni Samsung’ning yangi Tizen mobil operatsion tizimida ishlovchi smartfoni bo‘lishi mumkin deya taxmin qilmoqda

Eslatib o‘tamiz, eng so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Samsung Galaxy S4 smartfonining ekrani – 5-duymlik Super AMOLED-displey (1920 x 1080), protsessori – 4 yadroli, chastotasi – 2 gigagers, operatsion tizimi esa – Android 4.2.1 Jelly Bean bo‘ladi.

Siz nima deb o‘ylaysiz – bu fotosurat haqiqiymi yoki soxta?