Ukrainaning Odessa shahrida Apple korporatsiyasi asoschisi Stiv Jobs xotirasiga bag‘ishlab o‘rnatilgan yodgorlikning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yodgorlik uning vafotidan bir yil o‘tgach o‘rnatildi.

1349888869_imgp5473

Yodgorlik — markazida teshik bo‘lgan o‘ng qo‘l ko‘rinishida bo‘lib, bir tomondan teshik Apple kompaniyasining logotipidek ko'rinadi, boshqa tomondan esa yurakdek. Bu kompozitsiya ko‘plab mayda qismlardan yig‘ilgan.

Ushbu yodgorlik Stiv Jobsga bag‘ishlangan MDH hududidagi ilk yodgorlik hisoblanadi. “Kaft”ni yaratish uchun haykaltaroshga bir yil va 230 kilogramm metal detallar kerak bo'ldi.

o-00172104-n-00372669

Kirill Maksimenkoning jurnalistlarga bergan intervyusida aytilishicha, u bu yodgorlikni Stiv Jobsning yoshligidagi qo‘l suratiga qarab ishlagan. Shuningdek, ushbu hududda doim tekin Wi-Fi imkonyati borligini va bu yodgorlikni turli xil keraksiz velosiped, mototsikl va avtomobil qismlaridan yasaganligini ma‘lum qilgan.

Xabaringiz bor, Stiv Jobs asos solgan Apple kompaniyasi yaqinda iPhone 5 smartfonini sotuvga chiqargan edi. 2012-yil 4-oktabr kuni dunyoga mashhur Forbes jurnali 2012-yilning eng obro‘li kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatda Apple korporatsiyasi birinchilikni qo‘lga kiritgani takidlangan.