Xenxan provinsiyasida joylashgan Chjenchjou shahar okrugidagi bog‘chada yuzdan ortiq bolalar uchun “to‘y tantanalari” bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Global Times nashri xabar bermoqda. Tarbiyachilarning aytishiga qaraganda, bundan ko‘zlangan maqsad bolalarga oila muqaddasligini anglatish.

foto: vesti.md

foto: vesti.md

Marosim bo‘lgunga qadar bog‘cha tarbiyalanuvchilari barcha “urf-odat”larni bajarishgan. Ya’ni ota-onadan ruxsat olish, uzuklar almashish va hokazo. Ko‘pchilik ota-onalarga bu g‘oya ma’qul kelgan. Chunki ularga farzandlari oila qurish borasida ko‘p savol berishar ekan.

Bunday “to‘y marosimlari” dunyo bo‘ylab o‘tkazila boshlasa-ya?