Indoneziyada tinmay yog‘ayotgan yomg‘irlar tufayli sodir bo‘lgan suv toshqinlari kamida 4 kishining hayotdan ko‘z yumishi va 200 ming kishi jabrlanishiga sabab bo‘ldi.

Indoneziya poytaxti Jakarta suv ostida qoldi

Indoneziya poytaxti Jakarta suv ostida qoldi

Foxnews axborot agentligining xabariga ko‘ra, Jakartada suv sathi 2 metrga yetdi. Hatto Indoneziya prezidenti qarorgohi ham suvga to‘ldi.

Bunday ofatga yomg‘irlarning tinmay yog‘ishi, o‘rmonlarda daraxtlarning chopib tashlanishi va shahar qurilishi pala-partish olib borilganligi sabab bo‘ldi.

Quyida suv toshqini suratlarini tomosha qiling:

[gallery link="file" columns="5" ids="1408,1413,1409,1410,1411"]