Voqea shaharning Kuins tumanida sodir bo‘ldi. 22-kalibrli pistolet o‘qlangan holda maktabga olib kelingan. Dars boshlanishidan oldin o‘quvchilarning sumkasini tekshirgan muallimlar buni payqab qolishgan.

foto: news.rambler.ru

foto: news.rambler.ru

Maktab ma’muriyati zudlik bilan politsiyani chaqirgan. Maktab vaqtinchalik yopib qo‘yildi. Pistolet “egasi” esa suhbat o‘tkazish maqsadida politsiya mahkamasiga olib ketildi.

foto: ntv.ru

foto: ntv.ru

Yosh jinoyatchi yuz bergan voqedan umuman uyalgani yo‘q. Maktabga kelgan qarindoshlariga politsiya furgonidan kulib qaradi, deb yozadi New York Post nashri.

So‘nggi paytlarda Amerikada maktabga qurol bilan kelish borasida turli muammolar, fojialar yuz bermoqda. Bu nimadan dalolat beradi?