O ‘quv yilining o‘rtasida Devid va Viktoriya Bekxem kutilmaganda uch o‘g‘lini Los-Anjelesdagi maktabdan olib, Londonga ko‘chirishdi. Sababi, Viktoriya o‘zining kiyimlar savdosi biznesi bilan jiddiyroq shug‘ullanmoqchi.

puretrend.ru

foto: puretrend.ru

“Viktoriya Los-Anjelesdan turib biznesini boshqara olmay qoldi” deydi sobiq xonandaga yaqin manba Radar Online nashriga bergan intervyusida. Bunga sabab tariqasi Devid Bekxemning “Los-Anjeles Geleksi” klubi bilan shartnomani uzaytirmaganini ham keltirishmoqda. Lekin bu ko‘chishda kimning tashabbusi ko‘proq bo‘lgan deb o‘ylaysiz?

foto: starslife.ru

foto: starslife.ru