cadillac-thorium-fuel-1

Ko‘rinishidan jahon avtosanoati inqilobi guvohi bo‘ladiganga o‘xshaymiz. Bunchalik “katta” gapirishimga quyidagi avtomobil sabab bo‘ldi.

Yadro dvigateli bilan yuruvchi, tabiat uchun butunlay zararsiz, ekologik top-toza ushbu avtomobil yaratuvchilarining ta'kidlashicha, u sizga 100 yil hech qanday muammosiz xizmat qila olarkan.

Yoqilg‘i sifatida kuchsiz radioaktiv metall — toriydan (Thorium (Th)) foydalanildi. Bu yoqilg‘i turidan birinchi bo‘lib, ixtirochi Lourens Kulesus 2009-yilda Chicago Auto Show ko‘rgazmasida foydalanish mumkinligini ta’kidlab o‘tgandi. Charlz Stivenson boshchiligidagi “Laser Power” kompaniyasi muhandislar guruhi uni hayotga tadbiq qilishdi. Yangi konsept Cadillac World Thorium Fuel (Cadillac WTF) nomini oldi.

Toriydan ilk marotaba Ikkinchi jahon urushi paytida foydalanishgan. 1 gramm toriy odatiy yoqilg‘ining 30 ming litri beradigan quvvat o‘rnini bosadi. 8 gramm toriy avtomobil sohibiga hatto ular har kuni foydalanganda ham butun umr haydashga yetadi. Bundan tashqari, dvigatel ichidagi reaksiya payti ortiqcha energiya mashina akkumlyatorini quvvatlantirishga ham qodir.

Ushbu mashina 24 ta g‘ildirakka ega (har bir tomonda 6 tadan). Bu unga har qanday yo‘lda ham to‘la-to‘kis boshqarishga va burulishlarda qiyinchiliklarning oldini olish imkonini beradi.

Agar bunday turdagi avtomobillar barcha sinovlardan o‘tsa, u holda Avstraliya va Hindiston energetika sohasida yetakchi o‘rinlarga chiqib olishi kutilmoqda. Chunki toriyning dunyo zahirasidagi 30 foizi ayni shu davlatlarga to‘g‘ri keladi.

Agar bunday turdagi avtomobillar barcha sinovlardan o‘tsa, u holda Avstraliya va Hindiston energetika sohasida yetakchi o‘rinlarga chiqib olishadi. Chunki ushbu metallning dunyo zahirasidagi 30 foizi ayni shu davlatlarga to‘g‘ri keladi.

[gallery link="file" ids="1550,1551,1553"]