Belgiyadagi Vingen va Lixterveld ma’muriyatlarida, shu jumladan Flandriyaning boshqa nidertland tilida so‘zlashuvchi joylarida odamlarning bir-biriga qor otish taqiqlandi. Jarima 100 yevroni tashkil etadi. Bu haqda Flandernews xabar tarqatmoqda.

foto: news.rambler.ru

foto: news.rambler.ru

Rasmiylarning aytishiga qaraganda, otilgan qorning zarbi toshnikidan uncha farq qilmaydi va bu atrofdagilar salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Bu jarayonni kuzatish politsiya zimmasiga yuklatildi. Mahalliy aholi hazil tariqasida, yevrozonada davom etayotgan iqtisodiy inqiroz davrida Belgiya qor orqali byudjetini to‘ldirmoqchi deyishmoqda.

Balki bu aslida hazil emasdir? Siz qanday fikrdasiz?