original

Sir emaski, kun bo‘yi kompyuter qarshisida o‘tirib ishlash tanamiz uchun zararli. Lifehacker.com sayti bunday zararning oldini olish uchun “20-20-20 qoidasi” deb nomlangan qoidalar guruhini taklif qilmoqda.

Bu qoidalar juda oddiy: ulardan biri ko‘zlaringizni dam oldirish maqsadida bajariladi: 20 daqiqa ishlaganingizdan so‘ng 20 sekund davomida 20 fut (taxminan 6 metr) uzoqlikdagi biror narsaga qarab turing. Bunday mashqni har 20 daqiqada takrorlab tursangiz ko‘zlaringiz sizga uzoq yillar xizmat qiladi.

Ikkinchi qoida esa 20 daqiqa ishlagandan keyin o‘rningizdan turib, 20 sekund davomida 20 futdan (6 metr) kam bo‘lmagan masofada sayr qilishdan iborat. Undan keyin ham birdaniga o‘rindiqqa qaytish emas, ozgina tik turish, qahva damlab ichish tavsiya qilinadi.

Sog‘lig‘ingizni asrash uchun endi sizga faqat har 20 daqiqada ogohlantirib turadigan soat yoki moslama kerak bo‘ladi. Bunday yumushni qo‘l telefoningiz ham ado eta oladi.