Italiyalik aktrisa Monika Beluchchi va uning turmush o‘rtog‘i, fransuz aktyori Vensan Kassel Parijni tark etgan holda Rio-de-Janeyroga butunlay ko‘chib o‘tishmoqchi. Bu haqda Independent gazetasi xabar bermoqda.

foto: attract-love.ru

foto: attract-love.ru

Aksariyat jurnalistlar bu ko‘chish Fransiyada boylar uchun soliq 75% ga ko‘tarilgani sababli bo‘layotganini aytayotgan bo‘lishsa ham, Beluchchi buni inkor qilmoqda. Monika uni “Rio maftun etganini” ta’kidlayapti.

Ayni paytda Fransiyani ko‘plab taniqli odamlar tark etishmoqda. Yanvarning boshida taniqli aktyor Jerar Depardiye Rossiya fuqaroligini qabul qilgandi.