Shu yil 20-yanvar kuni Barak Obama AQShning 44-prezidenti sifatida qasamyod qabul qildi va 21-yanvar kuni ushbu munosabat bilan AQSh poytaxti Vashington shahrida katta tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Barak Obama va uning oilasi, AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden va uning oilasi, AQShning sobiq prezidentlari, taniqli siyosatchi va estrada yulduzlari, hamda deyarli 1 million AQSh fuqarolari ishtirok etdilar.

AQSh poytaxtidagi Kapitoliy binosi erta tongda

AQSh poytaxtidagi Kapitoliy binosi erta tongda

Prezident qasamyodi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbir — inauguratsiya — davomida prezident avval Kapitoliy binosi oldida prezidentlik qasamyodini qabul qiladi va marosimga kelgan mehmonlar oldida nutq so‘zlaydi. So‘ng o‘zi va oilasi bilan birga, qo‘riqchi va soldatlar qurshovida, Pennsilvaniya shoh ko‘chasi bo‘ylab Oq uy tomon yo‘l oladi va Oq uyga kirib boradi.

Ushbu marosimdan olingan suratlarni quyida tomosha qiling:

Marosim munosabati bilan Kapitoliy binosi o‘zgacha bezatilgan

Marosim munosabati bilan Kapitoliy binosi o‘zgacha bezatilgan

Barak Obamaning qizlari Sasha va Maliya

Barak Obamaning qizlari Sasha va Maliya

Barak Obama AQSh Bosh sudyasi va oilasi oldida prezidentlik qasamyodini qabul qilmoqda

Barak Obama AQSh Bosh sudyasi va oilasi oldida prezidentlik qasamyodini qabul qilmoqda

Marosimni tomosha qilish uchun deyarli bir million kishi tashrif buyurdi

Marosimni tomosha qilish uchun deyarli bir million kishi tashrif buyurdi

Xonanda Beyonse AQSh madhiyasini ijro etmoqda

Xonanda Beyonse AQSh madhiyasini ijro etmoqda

Barak Obama turmush o‘rtog‘i Mishel Obama bilan birga Oq uy tomon yo‘l oldi

Barak Obama turmush o‘rtog‘i Mishel Obama bilan birga Oq uy tomon yo‘l oldi

Barack Obama Pennsilvaniya shoh ko‘chasi bo‘ylab Oq uy tomon yo‘l oldi

Barak Obama Pennsilvaniya shoh ko‘chasi bo‘ylab Oq uy tomon yo‘l oldi

Barack Obama 2-marta prezident bo‘lganidan so‘ng o‘zining birinchi qarorini imzolayapti

Barak Obama 2-marta prezident bo‘lganidan so‘ng o‘zining birinchi qarorini imzolayapti

Barak Obama ayoli bilan raqs tushishini yuzlab tomoshabinlar o‘z mobil telefonlariga suratga olishmoqda

Barak Obama ayoli bilan raqs tushishini yuzlab tomoshabinlar o‘z mobil telefonlariga suratga olishmoqda

Suratlar The Atlantic nashridan olindi