Venesuela hukumati vakillari prezident Ugo Chavesning davolanayotgan holda tushgan surati soxta ekanligini ma’lum qilishdi. Ushbu rasm Ispaniyaning mashhur gazetalaridan birida chop etilgandi.

foto: communities.washingtontimes.com

foto: communities.washingtontimes.com

Venesuelaning aloqa va axborot vaziri Ernesto Valiyegas o‘z Twitterida “Ispaniyaning “Pais” gazetasi tomonidan chop etilib, “Chaves intubatsiya jarayonida” deya izoh berilgan surat yolg‘on va soxta” deb yozdi.

Aslida qaysi tomon haqligini bilish qiyin. Dunyoda bunday qarama-qarshiliklar ko‘p uchraydi. Nima deb o‘ylaysiz, kim haq?