Avstraliya ochiq chempionatining yarim finalida buyuk britaniyalik Endi Marrey shveytsariyalik Rojer Federerni mag‘lubiyatga uchratdi. Besh set davom etgan o‘yinda 6:4, 6:7, 6:3, 6:7, 6:2 hisoblari qayd etildi.

foto: vseprosport.ru

foto: vseprosport.ru

Bu bilan Marrey “Katta dubulg‘a” musobaqalarida Federer ustidan ilk marotaba g‘alaba qozondi va ketma-ket uchinchi marta Australian Open finaliga chiqdi. Musobaqaning finalida Endining raqibi dunyoning birinchi raqamli raketkasi Novak Jovkovich bo‘ladi.

Australian Open g‘olibligi kimga nasib etadi deb o‘ylaysiz?