Angliyalik futbol yulduzi Devid Bekxem bugundan boshlab Londonning “Arsenal” jamoasi asosiy tarkibi bilan mashg‘ulotlarda qatnashmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

foto: purepeople.ru

foto: purepeople.ru

Devid “kanonirlar” safida o‘ziga yangi klub topguniga qadar shug‘ullanib turadi. Eslatib o‘tamiz, Bekxemning “Los-Anjeles Geleksi” bilan tuzgan shartnomasi 2012 yilning dekabrida tugadi. “Spays boy” ayni paytda takliflarni o‘rganib chiqyapti.

foto: sport.news.am

foto: sport.news.am

OAV xabarlariga qaraganda, yarim himoyachini o‘zining sobiq klublaridan biri “Milan”, Fransiyaning “Pari Sen-Jermen”, Angliyaning “Vest Xem”, “Kuinz Park Reynjers” hamda Avstraliya, BAA va Xitoy jamoalari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Devid Bekxem qaysi klubni tanlaydi deb o‘ylaysiz?