Xabaringiz bor, pop yulduzi Shakira hamda “Barselona” yulduzi Pike yaqinda farzandli bo‘lishgan va uning ismini Milan deb qo‘yishgan edi. Ushbu xabarni Pike ham tasdiqlab, “Nayk” tomonidan ishlab chiqarilgan va ustida “Milan” deb yozilgan krossovkani kiyib turgan Milanning  suratini shaxsiy tvitteriga joylashtirdi.

 Milan Piqué Mebarak

Milan Piqué Mebarak

Kuni kecha “Barselona”ning “Malaga”ga qarshi uchrashuvi ikkinchi bo‘limida gol kiritgan ispaniyalik himoyachi Pike o‘z golini o‘g‘liga bag‘ishlagan va shaxsiy tvitterida “Gol urganimdan xursandman! Milaning ilk goli!” deya yozib qoldirgan edi.

Pike golini Milanga bag'ishladi

Pike golini Milanga bag'ishladi

Shakiraning qayd etishicha, 30 yanvar kuni bo‘ladigan “Real” jamoasiga qarshi bahsda ham Pike  gol urishga harakat qilishini hamda golini Milanga bag‘ishlashini aytib o'tgan.

Demak, “Barselona” himoyachisi ertangi bahsda gol kirita oladimi yoki yo‘qmi, kuzatamiz.