27 yanvar kuni AQSHdagi “Sandens” festivalida “Jobs” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu filmda bosh rolni taniqli aktyor Eshton Katcher ijro etgan.

foto: nnm.ru

foto: nnm.ru

Aktyorning aytishiga qaraganda, uni oshqozon muammoosi qiynagan. Sababi u ham Apple asoschisi kabi mevali diyeta qilgandi. Suratga olish ishlarining ikkinchi kuniyoq aktyor gospitalga yotqizildi.

“Faqat meva yeyish inson o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Men og‘riqdan o‘rnimdan turolmay qoldim. Shifokorlar aytishdiki, agar yana shunday davom etsa... Bu chindan ham qo‘rqinchli edi” dedi aktyorning o‘zi USA Today gazetasiga bergan intervyusida.