Italiyalik jurnalist, Il Giornale muxbiri Toni Damaschelli Dunaydagi konferensiyada “Real” bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan uning kelajak rejalari haqida gaplashganini aytdi. Bu haqda “Sovetskiy sport” sayti xabar tarqatdi.

foto: ru.uefa.com

foto: ru.uefa.com

“Men Mourinyo bilan yuzma-yuz gaplashdim. U “Real”da ortiq ishlay olmaydi. U muammo ba’zi ishqibozlarning munosabati, rahbariyat va alohida futbolchilar bilanligini aytdi. Men undan Parij yoqish-yoqmasligi haqida so‘radim. Joze “Bo‘lishi mumkin”, — deb javob berdi”, — dedi Damaschelli.

Nima deb o‘ylaysiz, “boshqacha murabbiy” “Real”dan ketadimi?