“Chelsi” hujumkor yarim himoyachisi, belgiyalik Eden Azar Angliya Liga kubogi doirasida “Suonsi”ga qarshi o‘yinda maydon chetida to‘p uzatib turuvchi o‘smirni tepgani uchun uchta uchrashuvda maydonga tushmaydi.

foto: isport.ua

foto: isport.ua

Angliya futbol assotsatsiyasi futbolchiga bundan ortiq jazoni ko‘p deb hisobladi. Eslatib o‘tamiz, o‘sha o‘yinda ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra “Chelsi” yutqazayotgandi. Bahs oxirlarida maydon tashqariga chiqqan to‘pni olib berishi kerak bo‘lgan yigitcha bu ishni qilmay, koptok ustiga yotib olgandi. Bundan jahli chiqqan Azar uning biqiniga tepgandi.

foto: sport.bigmir.net

foto: sport.bigmir.net

Nima deb o‘ylaysiz, jazo adolatlimi?