Silvestr Stalonne “Tutqich bermas 3” filmida suratga tushish uchun mashhur shaxslar, masalan AQSH sobiq prezidentlaridan birini taklif etishga tayyor. Bu haqda aktyor MTV’ga bergan intervyusida gapirib o‘tgan.

foto: 1tv.ru

foto: 1tv.ru

“Balki prezident Klinton rol o‘ynashga rozi bo‘lar” degan Stalonne jurnalist kulganini bee’tibor qoldirmay “Nima, siz meni hazillashyapti deb o‘ylayapsizmi?” deya qo‘shimcha qilgan.

foto: movies.ru

foto: movies.ru

Eslatib o‘tamiz, filmning uchinchi qismi 2014 yilda katta ekranlarga chiqishi kerak. Jeyson Stetxem, Nikolas Keyj, Jet Li, Jeki Chan va yana bir qator mashhur aktyorlar kinokartinada suratga tushishga rozi bo‘lishgan.

Nima deb o‘ylaysiz, Klinton rozi bo‘ladimi?