Gollandiyalik Alister Overim va braziliyalik Antonio Silva o‘rtasida bo‘ladigan jangga qiziqish katta. Ayni paytda jahon “qoidasiz jang” ishtirokchilari orasida eng mashhurlaridan bo‘lgan bu sportchilarning qay biri g‘alaba qozonishi haqida oldindan bir narsa deyish qiyin.

foto: titocouture.com

foto: titocouture.com

Overim shu paytgacha 47 marta jang o‘tkazib, ularning 36 tasida g‘alaba qozongan, 11 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Silva esa 21 jangda qatnashgan holda 17 tasida raqiblaridan ustun kelgan holda 4 tasida mag‘lubiyatni tan olgan

Eslatib o‘tamiz, Silva ikki yil oldin vaqtida dunyoning birinchi raqamli jangchisi sifatida tanilgan Fyodor Yemelyanenko ustidan g‘alaba qozongan edi.