Sarlavhani o‘qib hayron bo‘lmang! Zinedin Zidanning o‘gli Enso Zidan haqiqatdan ham otasining izidan “borayotganini” isbotladi.

Enso Zidan

Enso Zidan

Qatar poytaxti Doxada bo‘lib o‘tayotgan Al Kass xalqaro kubogida qatnashayotgan “Real” ning o'rinbosarlar tarkibi “Espair” klubiga qarshi maydonga chiqdi. Uchrashuvda qirollik klubi o‘rinbosarlari tarkibida to‘p suradigan Enso Zidan uchrashuvda raqib futbolchisiga ochiqchasiga zarba beradi va hakam tomonidan maydondan chetlashtiriladi.

Zineddin Zidan, 2006 yil JCh

Zineddin Zidan, 2006 yil JCh

Futbol muxlislariga esa, Ensoning otasi Zinedin Zidanning kimliginiyu, uning 2006 yilda Jahon chempionati finalida nimalar qilganini eslatib o‘tirishning hojati bo‘lmasa kerak. Shunday emasmi?