2012 yil yakunlari ko‘ra O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya tan olingan Sanjar Tursunov “Alaniya” klubi tomonidan transferga qo‘yilgan edi. Endilikda terma jamoamiz a’zosi Rossiyaning boshqa bir klubi — Samara shahri sharafini himoya qiluvchi “Krilya Sovetov” safida to‘p suradi.

foto: sport.ru

foto: sport.ru

Klub va futbolchi o‘rtasida tez orada shartnoma imzolanadi. Stadion.uz sayti tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, kelishuvning moliyaviy shartlari e’lon qilinmagan.

Biz Sanjar Tursunovga omad tilaymiz.