“Daryo” internet-nashri va “Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘i ishlab chiquvchisi bo‘lmish Simple Networking Solutions kompaniyasi iqtidorli yoshlarni ishga qabul qiladi.

Muloqot.Uz

Muloqot.Uz

Bizning jamoamiz o‘z ishiga mehr qo‘ygan 10 nafar yosh yigit-qizlardan iborat. Bizning kompaniya internet-loyihalarni ishlab chiqadi va yuritadi. Biz endi o‘z safimizni kengaytirish niyatidamiz. Bugun biz jonkuyar internet-jurnalist qidiryapmiz

Internet-jurnalist vakansiyasi

Vazifalari:

  • Muloqot.Uz’ni OAVda yoritish uchun maqolalar tayyorlash;
  • Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i a’zolariga qiziq bo‘lgan mavzularda bloglar yuritish;
  • Muloqot.Uz a’zolariga o‘zbek tilida yordam berish;
  • Muloqot.Uz'da moderatorlik vazifasini bajarish;
  • Facebook, Twitter va Odnoklassniki'dagi Muloqot.Uz guruhlarini o‘zbek tilida yuritish;
  • Daryo internet-nashri uchun maqolalar yozish;
  • va boshqa internet-jurnalistikaga bog‘liq vazifalar.

Talablar:

  • Yoshi: 20dan 30gacha;
  • Oliy ma’lumot;
  • Kompyuterda bemalol ishlash;
  • Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati propiskasi (vaqtincha propiska ham bo‘lishi mumkin);
  • O‘zbek tilini mukammal bilish;
  • Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvini mukammal bilish;
  • va, tabiiyki, o‘zbek tilida savodli yozish.

Mehnat sharoitlari:

  • Oylik: 400 ming so‘m va undan yuqori;
  • Mehnat shartnomasi asosida rasman faoliyat olib boriladi;
  • Yangi kompyuter;
  • Yosh, qiziqarli kollektiv;
  • Bepul tushlik;
  • Ofisimiz shahar markazida (“Bunyodkor” metrosi yonginasida);
  • Shanba va yakshanba — dam olish kunlari;
  • Tez-tez o‘tkaziladigan bayram va tadbirlar.

Shunday zo‘r ishni qo‘ldan boy bermang! Rezyumengiz va o‘zingiz istagan mavzuda qisqa xabar yoki inshoni info@simple.uz manziliga yuboring. Shoshiling!