Ushbu film muxlislar o‘rtasida katta shuhrat qozongan edi. Biroz muddat davom etgan tanaffusdan keyin Fox studiyasi kartinaning uchinchi qismini suratga olish yuzasidan shartnoma imzoladi.

foto: filmtyt.ru

foto: filmtyt.ru

Komedik fantastika janridagi ushbu kinoasarning birinchi va ikkinchi qismi 2006 hamda 2009 yillarda namoyish etilgandi. Har ikkalasining ham rejissyori Shon Levi bo‘lgan. Navbatdagi qism ham aynan uning rejissyorligi ostida suratga olinadi. Film premyerasi 2014 yilda bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Ssenariy mualliflari film qahramonini qanday sarguzashtlar kutayotganini sir tutishmoqda. Taxminlarga qaraganda “Muzeydagi tun 3”  Yevropada suratga olinishi mumkin.