“Bilayn” kompaniya 11, 18 va 25 dollarlik internet-paketlar hajmini o‘zgartirishga qaror qildi. Hozircha bu pulga abonentlar, mos ravishda, 2000, 3500 va 5000 Mblik internet-paketlarni sotib olishlari mumkin.

Kollaj: Daryo.Uz (Foto: Facebook.com/beeline.uz)

Kollaj: Daryo.Uz (Foto: Facebook.com/beeline.uz)

Biroq, 18-fevraldan boshlab 11 dollarga faqat 1500, 18 dollarga 2500, 25 dollarga esa 3500 Mb internet sotib olish mumkin bo‘ladi. 1, 2, 3, 5, 7 va 9 dollarlik internet-paketlarning hajmi ham, narxi ham o‘zgarishsiz qolgan.

“Klik” tarifida esa, 18-fevraldan, hajmi 300 Mbdan ko‘p bo‘lgan istalgan internet-paketni sotib olgan abonentga qo‘shimcha sifatida paketning 50 foizini kechki vaqt ishlatish uchun sovg‘a sifatida beriladi.

Umid qilamizki, internet-paketlarning hajmi qisqarib, narxi oshishi bilan “Bilayn” internet internet nafaqat ertalab, balki kechasi ham “uchishni” o‘rganib oladi.