Ulug‘ o‘zbek shoiri, mutaffakiri va davlat arbobi mavlono Mir Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevral kuni Hirot shahrida tavallud topgan. Navoiy G‘arbda chig‘atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, Sharqda esa “nizomi millati vad-din” (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulug‘lanadi.

Alisher Navoiy. Surat: Segodnya.Uz

Alisher Navoiy. Surat: Segodnya.Uz

Navoiy nafaqat she’riyat va nasrda, balki diniy, ilmiy-filologiya, tarix va iqtisod sohalarida ham olim shaxs edi. Navoiyning adabiy merosi orasida “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” va “Saddi Iskandariy” kabi besh dostondan iborat “Xamsa” alohida ajralib tursa, tasavvufiy asarlarida orasida 1499-yilda yozilgan “Lison ut-tayr” o‘zgacha bir o‘ringa ega.

Navoiyning ilmiy-filologik asarlari qatoriga kiritilgan “Majolis un-nafois” (1490-91; 1497-98-yillarda yozilgan) turkiy tilda yozilgan ilk tazkira (shoirlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma) hisoblansa, tarix va iqtisodga oid asarlar qatoriga kiritilgan “Vaqfiya” asarida (1481-yilda yozilgan) Navoiy vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablag`i evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yo‘nalishda madrasa va xonaqohlarda o‘rnatilgan tartiblar haqida fikr yuritadi.

Nasrda yozilgan “Mahbub ul-qulub” esa Alisher Navoiyning eng so‘nggi yirik asari bo‘lib qoldi (1500-01-yillardan yozilgan).

Navoiy Xurosonda hukmronlik qilgan Husayn Boyqaro saroyida vazir, keyinroq esa Astrobodda hokim bo‘ldi. U ko‘plab bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi, yo‘llar, ko‘priklar, masjid-madrasalar, shifoxonalar qurdirdi.

Alisher Nevoiy 1501-yilning boshida, kasallikdan vafot etdi. Butun Hirot xalqi o‘zining buyuk shoiri bilan xayrlashishga chiqdi va 7 kun davomida motam tutdi.

Ozarboyjon poytaxti Boku shahridagi Navoiy haykali. Foto: MyTashkent.Uz

Ozarboyjon poytaxti Boku shahridagi Navoiy haykali. Foto: MyTashkent.Uz

Alisher Navoiy ijodini o‘rganish, uning ilmiy tahlili bo‘yicha so‘nggi yillarda qator taniqli tadqiqotchilar ish olib bordilar va bugungi kunda ham Navoiyning merosi ko‘pgina olimlarimizni ilhomlantirib keladi. Hozirda maktablar, xiyobonlar, ko‘chalar buyuk shoirimiz nomi bilan yuritiladi. Uning nomida O‘zbekiston Davlat mukofoti ta’sis etilgan.

Rossiya poytaxti Moskva shahridagi Navoiy haykali. Foto: NNM.Uz

Rossiya poytaxti Moskva shahridagi Navoiy haykali. Foto: NNM.Uz

Bugun Navoiy sharafiga nomlangan katta ko‘chalar, o‘rnatilgan haykallarni nafaqat O‘zbekiston shaharlarida, balki Tokio, Moskva, Boku, Ashxobod kabi shaharlarda ham uchratish mumkin.