O‘zbekiston Madaniyat va Sport ishlari vazirligi rasmiy saytining xabariga ko‘ra, 20 yildan buyon O'zbek Milliy akademik teatri direktori lavozimida ishlab kelgan O‘zbekiston Xalq Artisti Yoqub Ahmedov lavozimidan ozod etildi va O‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Mahmud Ismoilov direktor etib tayinlandi.

Mahmud Ismoilov "Jasur" filmida Foto: kino-teatr.ru

Mahmud Ismoilov "Jasur" filmida Foto: kino-teatr.ru

Xabarda aytilishicha, Yoqub Ahmedov 75 yoshga to‘lishi hamda ko'p yillar davomida teatr sohasida olib borgan samarali ishlari uchun Madaniyat va Sport ishlari vazirligi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlangan va teatrda aktyor sifatida faoliyatini davom ettiradi.