O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoniga ko‘ra Otabek Musayev Madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik veb-saytida ma’lumot berildi.

foto: mcs.uz

foto: mcs.uz

Otabek Musayev professional telejurnalist bo‘lib, bir qator filmlar muallifi, taniqli aktyor. U endilikda respublikamizdagi muzeylarni, madaniyat uylari va saroylarini, ommaviy tadbirlar uyushtirish va ommaviy sportning rivojlanishini nazorat qiladi.