Mamlakatimizning turistik kompaniya va firmalari Latviyaning Riga shahrida shu yil 8-10 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan “Balttour – 2013” yigirmanchi xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtirok etdi. Bu haqda uza.uz sayti xabar bermoqda.

foto: tio.by

foto: tio.by

O‘zbekiston mazkur yarmarkada ikkinchi marta ishtirok etdi. Joriy yilda “Balttour – 2013”da 34 mamlakatdan qariyb yetti yuz sayyohlik firma va kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.

foto: anons.uz

foto: anons.uz

“O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasidan ma'lum qilishlaricha, “Kipsala” xalqaro ko‘rgazma markazida o‘tkazilgan sayyohlik yarmarkasida mamlakatimizning “O‘zbekturizm”, “O‘zbekiston havo yo‘llari”, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyalari, “Dolores Travel”, “Asia Advantages” kabi sayyohlik firma va kompaniyalari ishtirok etgan.

foto: facebook.com

foto: facebook.com

Xalqaro sayyohlik yarmarkasi doirasida bir qator sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikka oid bitimlar imzolandi.