1cxrpqbgfhzcmjaqucb

Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda “Dil izhorlari” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov qoidalari juda oddiy:

Tanlov 10-dan 14-fevralga qadar milliy kutubxonaning 2-qavatida o‘tkaziladi;

  1. Kutubxona a’zolari o‘zlarining Vatanga, ota-onaga, sevgan insoniga yozgan dil izhorlarini 2 nusxada yozib, bir nusxasini maxsus doskaga, ikkinchi nusxasini barabanga tashlashadi. Qiz bolalar qizil rangdagi qog‘ozlarga, o‘g‘il bolalar ko‘k rangdagilarga yozib, ID-raqamini hamda ismlarini ko‘rsatishlari shart;
  2. 14-fevral kuni soat 15:00da Milliy kutubxona katta zalida bo‘lib o‘tadigan tadbirda dil izhorlari yozgan kitobxonlarning ID-raqamlari barabandan, bitta o‘g‘il bolaniki, bitta qiz bolaniki qilib olinadi;
  3. O‘z ID-raqamlari chiqqan ishtirokchilar bir-birlariga yozgan dil izhorlarini ifodali, obrazga kirishib o‘qib beradilar;
  4. G‘oliblar tomoshabinlar qarsaklari yordamida aniqlanadi.

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! G‘oliblarimizni quyidagi sovg‘alar kutmoqda:

1-o‘ringa: kinoga 2 kishilik chipta.

2-o‘ringa: teatrga 2 kishilik chipta.

3-o‘ringa: Muloqot.Uz kafesida 2 kishilik ovqatlanish imkoniyati.